Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti o‘tgan hafta Boltiqbo‘yi mintaqasidagi parvozi chog‘ida haqiqiy MK-82 bombalari bilan jihozlangan edi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari xabar berdi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

AQSh harbiylari tarqatgan fotosuratga ko‘ra, 21-may kuni Ispaniyaning Moron aviabazasida havoga ko‘tarilishidan oldin shunday bombalarning to‘qqiztasi samolyotga joylashtirilgan. B-52H samolyoti hammasi bo‘lib 51 ta MK-82 bombasini ko‘tarishga qodir.

Ta’kidlanishicha, keyinchalik samolyot Latviyadagi poligon hududiga uchib ketgan, uning ekipaji “Latviya aviatsiya nazoratchilari bilan hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazgan”. “Strategik bombardimon missiyalari butun dunyoda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozga yoki chaqiriqlarga javob berish uchun zaruriy tayyorgarlikni oshiradi”, — dedi AQSh havo kuchlari.

Qora dengiz mintaqasida mashg‘ulotlar

AQSh havo kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi xabar berishicha, bir juft B-52H strategik bombardimonchilari 24-may kuni Qora dengiz hududiga uchib, u yerda nishonlarga zarbalar berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

“Bombardimonchilar Ispaniyadagi Moron aviabazasiga qaytishdan oldin Qora dengiz mintaqasidagi shartli nishonlarda harakatlarni ishlab chiqdi”, — deyiladi xabarda.

AQShning Yevropadagi havo kuchlari qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, 18-may kuni Ispaniyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Moron aviatsiya bazasiga Barksdeyl aviabazasidan 2-bombardimon qanoti tarkibidagi B-52H Stratofortress bombardimonchilar guruhi yetib keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda