Markaziy bank 25-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga ko‘tarilib, 10 596,76 so‘mni tashkil qildi. Yevro 7,75 so‘mga ko‘tarilib, 12 940,76 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi sakkiz kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 19,47 so‘mga pastlab, 10 578,28 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 21-may kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda.
Izoh (0)