Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshkent besh tashabbus harakati” doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan yangi universitet haqida gapirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“2021-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida Prezident maktablari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Kembrij ta’lim tizimi asosida dars beriladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yerga kelganda masalaning ikkinchi tomonini ham o‘yladilar va savolni o‘rtaga tashladilar: Kembrij ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qishni bitirgan bolalar qayerda o‘qiydi? Shu maqsadda O‘zbekistonda Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlandi”, — deya gapirib o‘tdi Musayev.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida ishtirok etib, so‘zlagan nutqida yoshlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi zarurligi, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini aytgan hamda “Shu maqsadda ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshiryapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha maxsus maktablarni tashkil etyapmiz. Yoshlarimizga IT texnologiyalarni chuqur o‘rgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora ko‘payib bormoqda. Bu ishlarimizning ilk mevalarini ko‘ra boshladik. So‘nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim mingtaga yaqin sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi”, — deya ta’kidlagan edi.

Avvalroq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Toshkent materialshunoslik universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygan, oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonning har bir hududida 2021-yil 1-sentabrgacha kamida bittadan nodavlat OTM ochilishi ma’lum qilingan.

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi, poytaxtda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...