Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi “Quduqli” (O‘zbekiston) va “Paxtaobod” (Tojikiston) temiryo‘l nazorat-o‘tkazish punktlarida 18-may kuni ikkita chegaraviy hamkorlik idorasi ochildi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Idoralar BMT Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston va Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ular BMT Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish va terrorizmdan ogohlantirish” dasturi doirasida shimoliy yo‘nalish bo‘ylab afg‘on giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishga qaratilgan transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha komponenti doirasida tashkil etildi.

Idoralarni tashkil etish bo‘yicha ishlar AQSh Davlat departamentining Giyohvand moddalarga qarshi kurashish va huquqni tatbiq etish xalqaro masalalari bo‘yicha byurosi (INL) tomonidan moliyalashtirilgan.

UNODC’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Ashita Mittal O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi temiryo‘l nazorat-o‘tkazish punktlarida chegaraviy hamkorlik idorasi ochilgani bilan har ikki davlat tomonlarini tabriklab, ushbu tashabbus ikki davlat huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi va pirovardida chegaralarning xavfsizligini oshirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Asia-Plus ma’lumotlariga ko‘ra, tojik-afg‘on, o‘zbek-afg‘on, o‘zbek-tojik, qirg‘iz-tojik, o‘zbek-qirg‘iz, qirg‘iz-qozoq va o‘zbek-qozoq chegaralarida 19 ta shunday idora tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mart oyida BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Chegara aloqa bo‘linmalari va idoralararo mobil guruhlar uchun uskunalar taqdim qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi