Dunyoga kelganida boshqa ism qo‘yilgan, ammo keyinroq karyera qilish maqsadida ismini o‘zgartirgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ja Ja Gabor

Foto: “Liza”

O‘tgan asrning mashhur aktrisasi amerikalik Ja Ja Gabor dunyoga kelganida ota-onasi unga Shari deb ism qo‘ygan. Kichkinaligida ismini talaffuz qila olmagan Gaborni onasi erkalab Ja Ja deb chaqirgan. Kino olamida karyera qilishga qaror qilgan aktrisa, onasining variantidan taxallus sifatida foydalanishga qaror qilgan.

Greta Garbo

Foto: “Liza”

Asl ismi Greta Livisa Gustafsson bo‘lgan aktrisa karyerasini boshlaganda rejissor Morits

Stiller unga jarangdor taxallus tanlashni tavsiya qilgan. Shunday qilib u Greta Garbo sifatida tanilgan.

Katrin Denev

Foto: “Liza”

Tug‘ilganida Katrin Dorleak deb atalgan fransuz aktrisasi modelyer bo‘lishni orzu qilgan. Ammo o‘smirlik davrida opasi Fransuaza Dorleak sabab rejalarini o‘zgartirgan. Karyerasini boshlaganida taxallus sifatida buvisining familiyasidan foydalanishga qaror qilgan.

Mishel Mersye

Foto: “Liza”

Jarohati sabab balerinalikdan ketishiga to‘g‘ri kelgan Joslin Mersye aktrisalikka ishqiboz bo‘lmagan. Ammo “Retour de manivelle” filmida suratga tushish taklif qilinganida fikrini o‘zgartirgan. Film rejissori har tomonlama bosh qahramonga to‘g‘ri keladigan qizning ismini qo‘pol eshitiladi deb hisoblagan va unga Mishel taxallusini olishni taklif qilgan. Shundan keyin u Mishel Morgan sifatida suratga tusha boshlagan.

Charli Shin

Foto: “Liza”

Karlos kelib chiqishi ispaniyalik bo‘lgan Martin Shinning o‘g‘li. Martin Amerikada karyera boshlaganida ismini Ramon Estevasga o‘zgartirgan. Charli esa taxallus sifatida otasining familiyasidan foydalangan.

Milla Yovovich

Foto: “Liza”

Dunyoga kelganida Militsa ismi qo‘yilgan xonandani uyda hamma Mila deb chaqirgan. Suratga tushishni boshlaganida taxallus sifatida ismining qisqartmasidan foydalangan.

Bred Pitt

Foto: “Liza”

Aktyorning hujjatlarida uning ismi Uilyam Bredli Pitt ekanini kim ham bilibdi deysiz. Boshqa aktyorlar singari u ham ismini qisqartirishga qaror qilgan va Bred Pitt deb atala boshlagan.

Mayli Sayrus

Foto: “Liza”

Dunyoga kelganida Destini Xoup Sayrus deb atalgan qo‘shiqchining oila a’zolari uni Mayli deb atagan. Bunga o‘rganib qolgan Sayrus haqiqiy ismini Mayliga o‘zgartirgan.

Vin Dizel

Foto: “Liza”

Asl ismi Mark Sinkler bo‘lgan taniqli aktyor asosiy vaqtini o‘gay otasi — Irvin Vinsent bilan o‘tkazgan. Energiyaga to‘la ekani sabab do‘stlari Dizel deb atagan aktyor keyinroq o‘gay otasining familiyasi qisqartmasidan taxallus sifatida foydalangan.