Millionlab qalblardan joy olgan san’at vakillarining qanday uyda tug‘ilib o‘sgani muxlislar uchun hamisha qiziq bo‘lgan.

Rianna

Foto: Woman’s Day.ru

Asl ismi Robin Ferti bo‘lgan xonanda ikki ukasi bilan birga Barbadosdagi uch xonali uyda katta bo‘lgan. Oilaviy ahvoli nochor bo‘lgani uchun sotuvchilik qilishiga to‘g‘ri kelgan. Iste’dodi va shirali ovozi bilan mashhurlikka erishgan qo‘shiqchi keyinchalik AQShga ko‘chib ketgan.

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

2018-yilda u o‘zining Gollivuddagi hashamatli xonadonini sotuvga qo‘ygan. 5 ta yotoqxona, 6 ta vannasi bor xonadon uchun u 3 million dollar so‘ragan.

Teylor Svift

Foto: Woman’s Day.ru

Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlaridan biri Pensilvaniyaning Reding shahridagi kichik uyda dunyoga kelgan. Bundan 5 yil avval aktrisa shaxsiy samolyotida oila a’zolari bilan birga tug‘ilib o‘sgan uyini ko‘rish uchun borgan. Uyning yangi egalari yulduzni iliq qarshi olgan va esdalik uchun birgalikda suratga tushgan. Jeys ismli qiz Twitter sahifasida uning ota-onasi Teylor ulg‘aygan uyda yashashi va uning o‘zi aktrisa bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘lganini yozib qoldirgan.

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

2018-yilda Teylor 4 ta yotoqxona va 5 ta vannasi bor uyini 300 million dollarga sotgan. Aktrisa ayni vaqtda istiqomat qiladigan uy ham Beverli-Xillzda joylashgan.

Pol Makkortni

Foto: Woman’s Day.ru

Pol Liverpulda tug‘ilib, voyaga yetgan. Ijtimoiy ahvolining unchalik yaxshi bo‘lmagani sabab Makkortni va uning oilasi tumanma-tuman ko‘chib yurgan. Shunday qilib, uning o‘smirlik yillari Fortlim-rouddagi uyda o‘tgan.

Foto: Woman’s Day.ru

Ayni vaqtda Makkartnining Nyu-York, Arizona, London va Beverli-Xillzda uylari bor. Aynan Beverli-Xillzdagi uyida do‘sti Jorj Xarrison hayotining so‘nggi kunlarini o‘tkazgan.

Jennifer Lopes

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Lopes jurnalistlar bilan birga bolaligi o‘tgan uyiga tashrif buyurgan. U Bronksdagi uylardan birida voyaga yetgan.

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Ayni vaqtda esa u Aleks Rodriges bilan Mayamidagi 40 million dollarlik uyda yashaydi. 12 vannasi bor xonadonda, shuningdek, basseyn va sportzal mavjud.

Anjelina Joli

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Anjelinaning bolaligi Nyu-Yorkdagi Snedens-Lendingda joylashgan uyda o‘tgan. 1958-yilda qurilgan mazkur uy 4 ta yotoqxona, 4 vannaxona va katta mehmonxonani o‘z ichiga oladi.

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Foto: Woman’s Day.ru

Bir nechta uylari borligiga qaramay, aktrisa farzandlari bilan birga Los-Anjelesdagi xonadonida yashashni afzal biladi. Aktrisa 6 ta yotoqxona, 10 ta vanna, basseyn va studiya, qolaversa, katta kutubxonasi bor mazkur uyni 24,5 million dollarga xarid qilgan.

Eminem

Foto: Woman’s Day.ru

Eminem sifatida ma’lum bo‘lgan Marshall Meters Missuri shtati, Sent-Jozef shahridagi uncha katta bo‘lmagan uyda dunyoga kelgan. U oilada farzandlarning eng kattasi bo‘lgan. Bolaligining aksariyat qismini bo‘lajak reper Detroytdagi nochor tumanda o‘tkazgan. Otasi tashlab ketgani sabab u onasiga ishlashga yordam bergan. “The Marshall Mathers LP” va “The Marshall Mathers LP 2” nomli albomlarining muqovasida uning bolaligi o‘tgan uy suratini ko‘rish mumkin.

Foto: Woman’s Day.ru

Ayni vaqtda reper Michigan shtati, Rochester-Xillzdagi maydoni 1405 kv metrni tashkil qiladigan, tennis korti va basseyni bor uyda yashaydi.

Zak Efron

Foto: Woman’s Day.ru

Zak Kaliforniyaning San-Luis-Obispo shahrida dunyoga kelgan. Uning bolaligi atrofi maysalar bilan o‘ralgan, shuningdek, ikkita mashina sig‘adigan garaji bor shinam uyda o‘tgan.

Foto: Woman’s Day.ru

Efronning hozir istiqomat qiladigan xonadoni bolaligidagi uydan atigi 320 km uzoqlikda joylashgan. U 2013-yilda xarid qilgan uy unga 4 million dollarga tushgan. Maydoni 5640 kv metrni tashkil qiladigan xonadon 5 ta yotoqxona, 5 ta vanna, o‘yin xonasi, mashg‘ulot zalini o‘z ichiga oladi.