Futbol bo‘yicha BAA prezidenti Kubogining final bahsi doirasida “Shabob al-Ahli” 16-may, yakshanba kuni “An-Nasr” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Uchrashuv 2:1 hisobida “Shabob al-Ahli”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dubay klubi safida Fediriko Kartabia dublga erishdi. U dastlabki golini birinchi bo‘limda kiritgan bo‘lsa, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. “An-Nasr”ning javob to‘pi esa Mehdi Abed hisobiga yozildi.

“Shabob” safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchilar Jaloliddin Masharipov va Odiljon Hamrobekov mazkur uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa “Shabob al-Ahli” final o‘yinida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalroq jamoa BAA Liga Kubogiga ega chiqqandi.

BAA prezidenti Kubogi

Final bahsi

16-may, yakshanba

“Shabob al-Ahli” — “An-Nasr” 2:1

Gollar: 1:0 — 44 Kartabia, 1:1 — 81 Abed, 2:1 — 90+4 Kartabia.