Futbol bo‘yicha BAA Liga Kubogi finalida “Shabob al-Ahli” va “An-Nasr” jamoalari 9-aprel, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: “Shabob al-Ahli” FK

Uchrashuvning 35-daqiqasida “An-Nasr” futbolchisining chetlatilishidan keyin nominal mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq “Shabob” bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakun topdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda “Shabob al-Ahli” 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Jaloliddin Masharipov 11 metrlik nuqtadan Panenko uslubida gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa “Shabob al-Ahli” BAA Liga Kubogi g‘olibiga aylandi. Ushbu jamoada Masharipovdan tashqari Aziz G‘aniyev va Odil Hamrobekov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradi.

BAA Liga Kubogi

Final

9-aprel, juma

“Shabob al-Ahli” — “An-Nasr” 0:0

Penaltilar seriyasi — 5:4

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!