Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” va “Inter” 15-may, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Turinda o‘tgan bahsda 26-daqiqada hisob ochildi. Krishtianu Ronalduning 11 metrlik jarima zarbasidan tepgan to‘pini “Inter” darvozaboni bartaraf etdi, ammo qaytgan to‘pni portugaliyalik futbolchining o‘zi darvozaga joylab qo‘ydi. 35-daqiqada “Yuventus” darvozasiga ham penalti belgilandi. Penaltini Romelu Lukaku muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xuan Kuadrado uzoq masofadan zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limning so‘ngida Jorjo Kyellini o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygandi. Ammo 88-daqiqada Kuadrado penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus”ning ochkolari 75 taga yetdi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qoldi. “Inter” esa muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

A Seriya

37-tur bahsi

15-may, shanba

“Yuventus” — “Inter” 3:2

Gollar: 1:0 – 24 Ronaldu, 1:1 – 35, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Kuadrado, 2:2 – 83, avtogol Kyellini, 3:2 – 88, penalti Kuadrado.

“Yuventus”: Shchensni, Danilo, Aleks Sandro, Kyellini, de Ligt, Rabyo, Kuadrado, Kulusevski (Makkenni, 58), Bentankur, Kyeza (Demiral, 70), Ronaldu (Morata, 70).

“Inter”: Handanovich, Hakimi, Shkrinyar, Bastoni (Vesino, 80), Darmian (Perishich, 46), Eriksen (Sensi, 73), Barella, Brozovich, de Vrey, Martines, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Kulusevski (13), Bentankur (20), Darmian (23), Martines (74), Bastoni (77), Kyellini (85), Brozovich (88), Kuadrado (90).

Chetlatishlar: Bentankur (55), Brozovich (90).