Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasi 11-turi doirasida “Aqto‘be” 14-may, juma kuni o‘z maydonida “Qaysar” bilan bahs yuritdi.

Foto: Google Photos

Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. O‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev jamoasi mag‘lubiyatga uchrayotgan vaqtda gol urib, “Aqto‘be”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu durangdan keyin “Aqto‘be”ning ochkolari 13 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. “Qaysar” esa 7 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.

Qayd etish joiz, Sergeyev o‘tgan turda het-trik muallifiga aylangandi.

Qozog‘iston chempionati

11-tur bahsi

14-may, juma

“Aqto‘be” — “Qaysar” 1:1

Gollar: 0:1 — 28 Karolis Laukzemis, 1:1 — 43 Igor Sergeyev.