Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogi finalida “Leypsig” va “Borussiya D” jamoalari 13-may, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter / @BVB

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Jeydon Sancho dortmundliklarni oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada Erling Holand o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Sancho dublni nishonlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Bunga “buqalar” 72-daqiqada Dani Olmoning goli bilan javob qaytardi. O‘yin yakunlanishi arafasida Holand o‘zining ikkinchi va jamoasining to‘rtinchi golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Germaniya Kubogi

Final

13-may, payshanba

“Leypsig” — “Borussiya D” 1:4

Gollar: 0:1 – 5 Sancho, 0:2 – 28 Holand, 0:3 – 45 Sancho, 1:3 – 71 Olmo, 1:4 – 87 Holand.

“Leypsig”: Gulachi, Klostermann, Halstenberg, Upamekano, Mukiyele (Laymer, 62), Kampl (Forsberg, 62), Zabitser, Aydara (Henrixs, 70), Olmo, Hvan Hi Chan (Nkunku, 46), Syorlot (Poulsen, 46).

“Borussiya D”: Byurki, Hummels, Pishchek, Akanji, Gerreyru, Sancho (Menye, 89), Bellinghem (Azar, 46), Doud (Dileyni, 74), Jan, Roys (Brandt, 90), Holand (Reyna, 90).

Ogohlantirishlar: Jan (15), Bellinghem (25), Upamekano (45), Doud (50), Olmo (81), Sancho (81), Hummels (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!