Jurnalist Salli Bazbi The Washington Post gazetasining bosh muharriri lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi.

Foto: The Washington Post

“Salli Bazbi katta yutuqlar va xalqaro yangiliklar tashkilotiga rahbarlik qilishda nihoyatda boy tajribaga ega”, — dedi The Washington Post’ning ijrochi direktori Fred Rayan.

Bazbi 1988-yildan boshlab Associated Press agentligida avval muxbir, keyinroq byuro rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilda u agentlikning bosh muharriri etib tayinlangan. U raqamli storitelling va surishtiruvlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, 2019-yilda esa Associated Press Yaman urushidagi vahshiyliklarni yoritgani uchun Pulitser mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

“The Washington Post gazetasi raqamli ommaviy axborot vositalarida yetakchi o‘rinni egallagan boy jurnalistik merosga ega tashkilot hisoblanadi... Bunday ajoyib jurnalistlar guruhini boshqarish meni uchun sharaf”, — dedi Bazbi.

U 1-iyun kuni ish boshlaydi va fevral oyining oxirida gazetani tark etgan Marti Baron o‘rnini egallaydi. Associated Press’da vitse-prezident va boshqaruvchi direktor Brayan Karovillano va vitse-prezident Devid Skott bosh muharrirning vazifalarini bo‘lib oladi.