• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Non haqida suhbat: Foyda yoki zarar, ekspertlar fikri, iste’molchilarga maslahatlar

    “Daryo” internet-nashri hamda Brotmeister brendi hamkorligidagi loyiha

    Nonning ushog‘i ham non

    Bizga bolaligimizdanoq yerga tushgan non ushoqlarini terib olish kerakligini o‘rgatishgani yodingizdami? Xususan, biz urush, inqiroz yillarida yashagan buvi va buvalarimiz tilidan nonni e’zozlash haqida aytilgan, hayajonli so‘zlarni juda ko‘p eshitganmiz. Aynan non millionlab insonlarni ocharchilikdan saqlab qolgan!

    Non – eng ajoyib ozuqa mahsulotlaridan biri, u juda uzoq va boy tarixga ega. Eng birinchi non neolit davrida paydo bo‘lgan deb hisoblanadi, bu esa taxminan 5—12 ming yil avval deganidir! Shu vaqtdan buyon u inson uchun eng asosiy energiya manbai bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Non sayyoramizning barcha madaniyatlarida e’zozlanadi, ushbu mahsulotning turlarini esa sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

    Kun sayin nonning zarari yoki foydasi ko‘pligi haqidagi turli fikrlarga ko‘p duch kelmoqdamiz. Keling, bunga aniqlik kiritishga urinib ko‘ramiz.

    Non – nafaqat qadimiy, balki favqulodda foydali mahsulot. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida u ovqatlanish ratsionining asosi hisoblanadi. Italyanlar makaron, meksikaliklar tako tayyorlayotganida yoki Toshkentda somsa pishirilayotganida ham mohiyatan, ularning barchasi non tayyorlayotgan bo‘ladi!

    Nonning paydo bo‘lish tarixi shunchalik qiziqarliki, uni hatto maktabda alohida fan sifatida o‘tish ham mumkin. Axir u paydo bo‘lishdan boshlab insoniyat tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Dastlab odamlar donni butunligicha iste’mol qilishgan, so‘ng uni qanday qilib maydalashni o‘rganib, ularni olovda pishirishni boshlaganlar. Shu tarzda ilk bo‘tqa paydo bo‘lgan.

    Aytgancha, qadimgi rimliklar tariqdan tayyorlangan bunday bo‘tqani quruq, tayyor ozuqa shaklida safarlarga olib ketishgan. Bu chindan ham juda foydali mahsulot bo‘lgan. Safar davomida bo‘tqa vaqt o‘tishi bilan qotib borishi natijasida u “bulka” ko‘rinishiga kirgan hamda zamonaviy nonning ilk namunasiga aylangan.

    So‘nggi paytlarda nonga semizlik va sog‘liq bilan bog‘liq turli muammolar keltirib chiqaruvchi mahsulot sifatida qarash avj oldi. Albatta, barcha zamonaviy non ishlab chiqaruvchilar ham sifat uchun ishlamaydi. Biroq baxtimizga haqiqiy non hali ham mavjud – to‘yimli, mazali va foydali!

    Nonning qanday turlari bor?

    Do‘konlarimizda turfa xil nonlarni uchratish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar qolip, o‘choq, bug‘doyli, javdarli, xamirturushsiz, nordon, sho‘r va boshqa ko‘plab turdagi nonlarni taklif qiladi. Ularning soni nihoyatda ko‘p, biroq bugun biz eng asosiylariga to‘xtalamiz.

    “Asosiy masallig‘iga qarab, nonning ikkita turi farqlanadi: bug‘doy va javdar noni. Holbuki, nonning boshqa turlari, masalan, makkajo‘xori noni yoki grechka noni ham mavjud. Biroq javdar noni haqida gap ketganida shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, uni faqat javdar unidan tayyorlash nihoyatda qiyin – u og‘ir va zich bo‘ladi. Qolaversa, bunday non turi iste’mol uchun unchalik yoqimli bo‘lmaydi.

    Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar xamirga bug‘doy unidan qo‘shadi, bu nonni shishiradi va yumshatadi. Aslida, bu bug‘doy-javdar yoki javdar-bug‘doy nonidir. Muayyan mahsulotdagi ustuvor un turi nom berishda asosiy vazifani o‘taydi”, – deydi Brotmeister kompaniyasi bosh texnologi Nargiza Bahromova.

    Bir necha o‘n yillar ilgari tezpishar deya nomlanuvchi non turi ommalashdi. Bu tayyor aralashma bo‘lib (ushbu texnologiya “qadoqda” deb nomlanadi), unga kerakli masalliqlar qo‘shsangiz bas – non tayyor bo‘ladi! Bunday aralashmalar tarkibi va ularning sog‘liq uchun qanchalar xavfsizligi biz uchun noma’lum.

    Non aralashmasi (xamir) tayyorlanish usuliga ko‘ra ham turlanadi – u klassik, ko‘pchigan va ko‘pchimagan bo‘lishi mumkin. Haqiqiy buvimiz tayyorlagandek non aralashtirilib, ko‘pchitib va mushtlab tayyorlanadi. Non qolipli, yero‘choqda pishgan, qovurilgan bo‘lishi mumkin. Nonning shakli ham har xil bo‘ladi: dumaloq, to‘rtburchak, kesilgan va kesilmagan…

    Non mahsulotlari paydo bo‘lish tarixi va millatga xoslik singari xususiyatlarga ko‘ra ham tasniflanadi. Masalan, o‘zbek noni, lavash, italyancha chiabatta, fransuzcha bageta, rus qora noni va boshqalar.

    Shuningdek, tayyor non mahsulotlari bilan bir qatorda yarimtayyor non mahsulotlari kabi zamonaviy turlar ham mavjud. Yarimtayyor non quyidagicha tayyorlanadi: non 80 foiz tayyor holatga keltiriladi, muzlatiladi va do‘kon, restoran va mehmonxonalarga yuboriladi. Iste’molchi esa bunday nonni o‘zi pishirib oladi. Bunday holatda, ikki marta termik ishlov amalga oshiriladi. Bu esa unchalik ham yaxshi emas.

    Kerakli namlik darajasini saqlab turish uchun yarimtayyor mahsulotlarga namlikni saqlovchi kuchaytirgichlar qo‘shiladi. Bu endi buvimiz tayyorlaydigan non emas. Mamlakatimizda kuchaytirgichlar ko‘pincha, mahsulotga hajm qo‘shish uchun ham ishlatiladi. Eng qiziq tomoni, bunday nonga bo‘lgan talab katta.

    “Non turli xil pechlarda pishiriladi. Yevropa mamlakatlarida oliy navli non toshda pishiriladi. Aynan shu turdagi nonning usti qisirlagan ko‘rinishda, ichi esa yumshoq bo‘ladi. Ammo bizda bunday nonga bo‘lgan talab yuqori emas. Chunki odamlar bunday nonni eskirgan, qattiq deb o‘ylaydi, bu turdagi nonni faqat u haqida bilgan odamlargina sotib oladi”, – deya suhbatni davom ettiradi Nargiza Bahromova.

    Boshqa narsalar qatori, non xamirturushi va rangi bilan ham ajralib turadi. U turlicha – xamirturushli, xamirturushsiz, oq va qora ranglarda bo‘ladi. Birinchi nav non O‘zbekistonda ham keng tarqalgan. Bu nonga birinchi navli un shunday rang beradi.

    Nonning sifatini qay tarzda aniqlash mumkin?

    Mutaxassislar fikricha, buni asosiy mezonlarga ko‘ra — nonning rangi, ta’mi, hidiga qarab aniqlash mumkin. Bu organoleptik ko‘rsatkichlardir. Non ko‘rinishidan to‘g‘ri shaklga ega va naviga mos bo‘lishi yoki aksincha, rangpar yoki haddan tashqari qoramtir bo‘lmasligi kerak.

    “Non sifatining asosiy ko‘rsatkichlari qatoriga namlik, g‘ovaklik, kislotalilik ham kiradi. Umuman, mahsulotning sifati birinchi navbatda masalliqqa bog‘liq. U yaxshi bo‘lishi kerak. Non tayyorlash uchun asosiy masalliqlar un, suv, xamirturush va tuzdir. Yaxshi un glyuten (kleykovina) miqdori va sifati orqali aniqlanadi. Glyuten qancha yaxshi bo‘lsa, uning pishirish xususiyati shunchalik yuqori bo‘ladi”, – deydi “Master Bakery” MChJning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Nasim Sharipov.

    Davomi bor…

    Facebook

    Instagram

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    03.05.2021, 15:00   Izoh (0)   52040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulkiga foydali sarmoya kiritish vaqti keldi

    03.05.2021, 12:00

    Spirit — Infinity’ning “yuragi” mijozlar uchun allaqachon ochiq

    03.05.2021, 09:00

    Carrefour supermarketlarida Payme Go kontaktsiz to‘lovlari ishga tushirildi

    02.05.2021, 15:00

    “Agrobank”dan yana bir katta loyiha: Fermerlar maktabiga qabul boshlandi

    02.05.2021, 12:00

    Alfraganus: “Biz tijorat ko‘chmas mulk bozoridagi eng foydali takliflardan birini taqdim qilmoqdamiz”

    02.05.2021, 09:00

    Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tizimi operatorining ishlashi bo‘yicha qisqa ma’lumot

    01.05.2021, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.