• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erdo‘g‘on Baydenning armanlar genotsidi haqidagi bayonotini adolatsiz deb atadi. Turkiya AQSh bilan mudofaa bitimini muzlatib qo‘yishi mumkin

    Turkiya AQSh prezidenti Jo Baydenning Usmonlilar imperiyasi davrida armanlar genotsidi uyushtirilgani haqidagi bayonotlarini qonunga zid deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bayden genotsidni “arman va aksilturkiy doiralarning radikal tashabbuslari” tufayli e’lon qildi.

    “Bular noqonuniy, adolatsiz va tarixga zid so‘zlardir. Ular bizni ranjitdi”, — dedi Erdo‘g‘on.

    Shuningdek, Turkiya prezidenti Baydenning so‘zlari “tarixiy va huquqiy asosga ega emas”, deb qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, u Turkiyaning 1915-yil voqealarini o‘rganadigan tarixchilar komissiyasini tuzish haqidagi taklifini esladi. “Biz arxivlarni ochishga tayyormiz. Bizda 1915-yilga oid hujjatlar mavjud. Keling, o‘rganing. Xo‘sh, AQSh ham o‘z tarixi haqida hujjatlarni ocharmikan?” — deya xulosa qildi Erdo‘g‘on.

    Bloomberg manbalariga asoslanib xabar berishicha, Erdo‘g‘on Baydenning armanlar genotsidini tan olganidan keyin AQSh bilan mudofaa va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatmoqchi. Agentlikning xabar berishicha, Erdo‘g‘on Vazirlar Mahkamasi majlisini chaqirib, AQShga javob choralarini e’lon qilish niyatida.

    Rejalashtirilgan qadamlar orasida mudofaa va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvning muzlatilishi ham bor. Ushbu kelishuv bir paytlar Anqaraga Suriya va Iroqdagi mojarolar paytida Vashington bilan birgalikda ishlashga imkon bergan edi.

    Mudofaa pakti — ikki mamlakat o‘rtasida harbiy hamkorlik sohasidagi muhim hujjatlardan biridir. Shartnomaga ko‘ra, Anqara va Vashington razvedka ma’lumotlari almashadi, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi, shuningdek, amerikaliklarga Turkiyadagi aviabazalardan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Bundan tashqari, hujjat turklarga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni, xususan, harbiy sanoatni modernizatsiya qilishda qo‘llab-quvvatlashni ham nazarda tutadi.

    24-aprel, shanba kuni Bayden 20-asr boshlarida Usmonlilar imperiyasida sodir etilgan etnik armanlarning qirg‘inini genotsid deb rasman tan oldi. Anqara Amerika rahbarini populist deb atadi va uning bayonotini rad etdi.

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Baydenga minnatdorlik bildirib, AQSh mazkur genotsidni tan olganidan keyin tarixda sodir bo‘lgan ushbu fojia o‘z rasmiy tasdig‘ini topganini ta’kidlagan.

    Turkiya bilan munosabatlari yomonlashuvidan qo‘rqib, Baydendan avvalgi prezidentlar o‘z bayonotlarida “genotsid” so‘zini ishlatishdan qochgan. Amerika rahbarlari, shu jumladan, Donald Tramp “buyuk vahshiylik” ma’nosini beruvchi Meds Yeghern atamasini hamda “20-asrning eng yomon ommaviy vahshiyliklaridan biri” kabi ta’riflarni qo‘llagan. AQSh Kongressining Senati va Vakillar Palatasi 2019-yilda armanlar qirg‘inini genotsid deb tan oluvchi qarorlar qabul qilgan edi.

    Turli xil hisob-kitoblarga ko‘ra, armanlarga nisbatan qirg‘in paytida 660 mingdan 1,5 milliongacha odam o‘ldirilgan. Turkiya ham Ozarbayjon singari 1915-yil voqealarini genotsid deb tan olmaydi, ammo ushbu xalq orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lganini inkor etmaydi. 2014-yilda Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on (amaldagi prezident) mamlakat parlamentida nutq so‘zlab, XX asr boshlarida arman millatiga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirg‘in natijasida halok bo‘lganlarning avlodlariga ilk bor hamdardlik bildirgan edi.

    27.04.2021, 19:52   Izoh (0)   19177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST Hindistonga COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berish uchun 2,6 ming xodimini yubordi. Aholidan uyda ham niqob taqish so‘ralmoqda

    27.04.2021, 17:44

    Qozog‘istonda mahalliy QazVac vaksinasi bilan emlash boshlandi, Fransiya karantindan chiqishni boshladi, COVID-vaksinatsiya tufayli rejali emlashlar keyinga qoldir...

    27.04.2021, 14:10

    Britaniya Magnitskiy ishi bo‘yicha 14 nafar rossiyalikka qarshi sanksiyalar kiritdi

    27.04.2021, 10:42

    Turkiyada koronavirus tufayli 17-maygacha to‘liq lokdaun joriy etiladi

    27.04.2021, 09:41

    Chernobil AES avariyasi terakt oqibatida yuz bergani haqida taxminlar bo‘lgani ma’lum qilindi

    26.04.2021, 21:36

    Kreml Putin va Baydenning uchrashuvi yozda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi

    26.04.2021, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.