Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (MOAU) prezidenti Endryu Kachins Qirg‘izistonda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: “Live.kg”

U chaqirganda yetib kelish majburiyati bilan qo‘yib yuborildi.

Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mart kuni Dubay (BAA)dan Kachins nomiga MOAU manzili ko‘rsatilgan posilka bojxonaga kelib tushgan. Ilova qilingan hujjatlarda posilka ichida nashriyot mahsulotlari borligi aytilgan, ammo aslida u yerda tabletka va kapsulalar bo‘lib, ular kichik polietilen paketlarga o‘ralgan va ustida qabul qiluvchining abonent raqami ko‘rsatilgan. Ekspertiza posilka ichidagi narsalarda psixotrop moddalar borligini aniqlagan.

12-mart kuni IIV tergov xizmati “Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning analoglarini noqonuniy ishlab chiqarish yoki sotishga teng bo‘lgan noqonuniy tayyorlash, sotib olish, saqlash, tashish, sotish maqsadida qayta yuborish” moddasi bo‘yicha sudgacha tergov boshladi. Kachins so‘roq qilingan, uning uyida tintuv o‘tkazilgan.

“MOAU” talablari Facebook guruhida oliy ta’lim muassasasi vasiylik kengashi a’zosi Devid Laxdxirning yozishicha, posilkaning ichidagilar Kachinsning shifokori tomonidan tayinlangan dorilardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, dori AQShda qo‘llash uchun ma’qullangan bo‘lib, Amerikadagi yirik dorixona tomonidan pochta orqali yuborilgan.

AQSh fuqarosi Kachins taniqli siyosatshunos bo‘lib, SSSR va sobiq ittifoq mamlakatlari bo‘yicha ekspert hisoblanadi. 2003—2006-yillarda Kachins Moskvadagi Karnegi markazi direktori lavozimida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq kredit ajratilayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz o‘qidi (video)
Madaniyat
“Sharoitni ko‘rib yig‘laysiz”. Vazirlar borolmaydigan ijodkorlarning ijara yotoqxonasiga sayohat (foto va video)