Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Kremldan kelgan buyruqdan keyin Yevropa Superligasini tark etish qaroriga kelgan, deya xabar qilmoqda Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Manbada ta’kidlanishicha, Abramovichga Superliga Rossiyaning qiziqishlariga qarama-qarshi ekani tushuntirilgan. Sababi “Gazprom” kompaniyasi Chempionlar Ligasining asosiy homiylaridan biri hisoblanadi.

“Rossiyaning “Bavariya”si hisoblangan “Zenit” deyarli “Gazprom”ga qarashli va klub Chempionlar Ligasi saqlab qolinishini istagan”, — deyiladi nashrda.

Ta’kidlanishicha, Abramovich Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari buzishini xohlamagan va bu loyihani tark etgan.

“Chelsi” Angliyaning boshqa klublari qatorida Yevropa Superligasini tark etishini e’lon qildi.

APLning olti klubi va yana oltita jamoa 18-aprel kuni Yevropa Superligasiga asos solinganini e’lon qildi. Biroq ingliz klublari ketma-ket yangi loyihani tark etganini e’lon qildi va Yevropa Superligasi ikki kunga bormay to‘xtatildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...