Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hind millatiga mansub ayrim aktyor va aktrisalar islom dinini qabul qilgan. Quyida ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Dharmendra

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Asl ismi Dharam Singx Deol bo‘lgan Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biri Dharmendra 44 yoshida Hema Maliniga uylanganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Shuningdek, aktyor allaqachon turmush qurgan bo‘lib, birinchi rafiqasi uning boshqaga uylanishi uchun ajrashishni istamagan. Dharmendra shundan so‘ng islom diniga o‘tgan va Hemaga uylanib, ikki oilani ham birdek ta’minlab kelgan. Aktyorning bunday yo‘l tutishi jamoatchilik tomonidan tanqidlarga sabab bo‘lgan, ammo u Hemaga uylanish uchun shunday qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Sharmila Tagor

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Hukumatning “Padma Shri” mukofoti sovrindori Sharmila Tagor ham islom dinini qabul qilgan aktrisa. U kriket o‘yinchisi Mansur Ali Xonni sevib qolgan va unga turmushga chiqishdan avval dinini o‘zgartirgan. So‘ngra u Oysha Begim ismini ham olgan. Oilada uch farzand dunyoga kelgan: o‘g‘li aktyor Saif Ali Xon, dizayner Saba Ali Xon va aktrisa Soha Ali Xonlar.

Maxesh Bxatt

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Aktrisa Aliya Bxattning otasi – hind kinorejissori va prodyuseri Maxesh Bxatt birinchi rafiqasi Kiran Bxatt bilan ajrashmasdan, Sona Razdanga uylanish uchun islom diniga o‘tgan. Biroq u islom dini an’analariga ko‘ra yashamaydi va buni tan ham olmaydi.

Amrita Singx

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Aktrisa Amrita Singx sikx-musulmonlar oilasida tug‘ilgan. 1983-yilda Amrita “Sevgi qudrati” filmida ilk debyutini ijro etgan. Shundan so‘ng yana bir qancha mashhur filmlarda ishtirok etgan. 1990-yillarning boshlarida u Saif Ali Xon bilan uchrashgan va to‘ydan avval islomni qabul qilgan. Afsuski, 13 yillik turmushdan so‘ng ular ajrashdi. Saifning hozirgi turmush o‘rtog‘i Karina Kapur Xon islomni qabul qilmagani va hinduizmga sodiq qolgani qiziq.

Ayesha Takiya

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudning yoqimtoy va quvnoq aktrisasi Ayesha Takiya sevgilisi Farxan Azmi bilan oila qurish uchun islom dinini qabul qilgan. To‘y islomiy tarzda nishonlanib, nikoh ham o‘qilgan. Ayesha hech qachon o‘z dinini o‘zgartirganini tan olmasa-da, ommaviy axborot vositalari buning aksini ta’kidlamoqda.

Mamta Kulkarni

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

O‘tgan asr 90-yillarining taniqli aktrisasi Mamta Kulkarni 2013-yilda islomni qabul qilgan. Uning sevgilisi Viki Gosvami Saudiya Arabistonidagi aeroportda ushlanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ammo 2012-yilda ozodlikka chiqarilgan. Ba’zilar Mamta islomni qabul qilgani uchun muddat qisqardi, deb o‘ylaydi. Mamta turmushga chiqish uchun islom diniga o‘tgan va hozirda ular Keniyaning Nayrobi shahrida yashaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan