Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi davom etmoqda.

Foto: Boks federatsiyasi

Musobaqaning ikkinchi kunida besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) qozog‘istonlik Temirtas Jusupovga qarshi jang qilib, musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Abdumalik Xalakov (-60 kg) esa italiyalik Franchesko Oytsaga qarshi jangda ishonchi g‘alaba qayd etdi.

Bobousmon Boturov (-69 kg) belaruslik Aleksandro Rodionovga imkon qoldirmadi. Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) Hindiston vakili Sumit Sangvanga qarshi jangga muvaffaqiyat qozondi.

Sanjar Tursunov (-91 kg) Belarusdan kelgan bokschi Vladimir Smyaglikov qarshiligini sindira olmadi va ilk jangdayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

Avvalroq Mirazizbek Mirzaxalilov musobaqani g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Fanat Qahramonov dastlabki bahsda yutqazib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!