Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 31-turida “Real” 18-aprel, yakshanba kuni “Xetafe” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuv mezbonlarning ustunligida o‘tdi, biroq “Xetafe” futbolchilari vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. O‘yinga katta yo‘qotishlar bilan yetib kelgan “Real” esa raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yarata olmadi. Shu tariqa hisob o‘yin so‘ngiga qadar ochilmadi.

“Real” 31-turdan keyin 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Xetafe” (31) 15-pog‘onadan joy olgan.

La Liga

31-tur bahslari

18-aprel, yakshanba

“Xetafe” — “Real Madrid” 0:0

“Xetafe”: Soriya, Jene, Olivera, Nyom, Maksimovich, Kukurelya, Arambarri, Timor, Alenya (Suares, 76), Mata (Anxel Rodriges, 65), Unal (Miranda, 90).

“Real Madrid”: Kurtua, Viktor Chust, Marselo, Odriosola, Militao, Rodrigo (Antonio Blanko, 65), Modrich, Vinisius Junior, Isko, Asensio (Arribas, 78), Mariano Dias (Benzema, 65).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (54), Nyom (58), Anxel Rodriges (75), Kukurelya (86).

“Levante” — “Vilyarreal” 1:5

Gollar: 0:1 – 9, avtogol Postigo, 0:2 – 13 Jerar Moreno, 1:2 – 21 Malsa, 1:3 – 63 Chukvueze, 1:4 – 72, avtogol Vezu, 1:5 – 75 Chukvueze.

“Betis” — “Valensiya” 2:2

Gollar: 1:0 – 12 Fekir, 1:1 – 22 Gedesh, 2:1 – 42 Kanales, 2:2 – 61, penalti Soler.

“Kadis” — “Selta” 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!