Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining yarim final bahsi doirasida “Lester” va “Sauthempton” jamoalari 18-aprel, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvning 55-daqiqasida Kalechi Iheanacho tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa “Lester” 1969-yildan beri ilk bor Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi.

Brenden Rojers jamoasi hal qiluvchi bahsda “Chelsi” bilan o‘ynaydi. Final 15-may kuni “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi

1/2 final

18-aprel, yakshanba

“Lester” — “Sauthempton” 1:0

Gol: 1:0 – 55 Ixeanacho.

“Lester”: Shmeyxel, Kastan, Fofana, Evans, Rikardu Pereyra (Olbrayton, 60), Ndidi, Tilemans, Peres (Meddison, 69), Seyunjyu, Vardi, Iheanacho.

“Sauthempton”: Forster, Vestergor, Uoker-Piters (Tella, 85), Bednarek, Bertran (Salisu, 85), Diallo, Uord-Prouz, Jenepo (Uolkott, 73), Armstrong, Redmond (Adams, 59), Ingz.

Ogohlantirishlar: Diallo (5), Seyunjyu (49), Bednarek (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!