Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida “Sharja” 17-aprel, shanba kuni “Traktor” klubi bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuv 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlandi. Shu tariqa dastlabki turda g‘alaba qozongan “Sharja” Eron klubiga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi.

Amirlik klubi safida harakat qiladigan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

2-turdan keyin “Sharja” 4 ochko bilan B guruhida birinchi o‘rinda bormoqda. Hisobida ikki ochko bo‘lgan “Paxtakor” va “Traktor” 2 va 3-o‘rinlarni band etgan. “Eyr Fors” esa 1 ochko jamg‘argan.

OChL

Guruh bosqichi, 2-tur bahsi

17-aprel, shanba

“Sharja” — “Traktor” 0:0.

Mavzuga doir: OChL. “Paxtakor” Iroq klubini mag‘lub etolmay, ikkinchi turda ham durang qayd etdi