Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xodimlarini haqorat qilgan Toshkent viloyati Angren shahar Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i Mohizoda Yusupovaga hayfsan berildi. Bu haqda byuro matbuot kotibi Farruh Toshpo‘latovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

14-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mohizoda Yusupova rejani bajarmagan xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlagani, ularni yarim tunda boshqarmaga chaqirish bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlanishicha, 7-aprel kuni MIB bo‘lim boshlig‘i “ayollar”, “temir” va “yoshlar” daftarlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish kamaygani bo‘yicha ma’lumot olgan.

“Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish har bir xodimga o‘rtacha 10 tadan to‘g‘ri keladi. U ayrim xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz yondashishi qolgan ishchilarning ish kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblab, jahli chiqqan va Telegram orqali haqoratli so‘zlar yozilgan audioni yuborgan”, — deya izoh beradi MIB.

Farruh Toshpo‘latovning so‘zlariga ko‘ra, Mohizoda Yusupova qilgan ishidan juda pushaymon va aybini tan oladi.

Ma’lum qilinishicha, Mohizoda Yusupovda Majburiy ijro byurosida 2017-yildan buyon ishlab keladi, Angren shahar MIB bo‘limi boshlig‘i lavozimiga esa 2018-yilda o‘tirgan. Bunga qadar 20 yil davomida u Sud departamentida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Uni “qattiqqo‘l, mas’uliyatli va talabchan” deb ta’riflashadi.

Natijada Yusupovaga hayfsan e’lon qilingan, 7 nafar xodim bilan esa ularning mas’uliyatini oshirish va mehnat hamda ijro intizomiga rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

MIB matbuot kotibining ta’kidlashicha, byuro xodimlari o‘rtasida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek, rahbarlarning bo‘ysunuvchilar bilan ijobiy va odobli muomalasini, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Uning qayd etishicha, Mohizoda Yusupova barcha MIB bo‘limlari ichida yagona ayol rahbar hisoblanadi.

Avvalroq MIB Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘z xodimlariga nisbatan haqoratomuz munosabati Senat nazoratiga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi
Biznes
Kremniy vodiysini zabt etgan o‘zbekistonlik huquqshunos: Asror Arabjonov AQSHga qanday borib qolgani, viza va startaplari haqida