Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 14-aprel kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 43 896 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 300 854 nafarga yetdi.

14-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Qashqadaryo viloyati (6444 nafar),
  • Andijon viloyati (6150 nafar),
  • Farg‘ona viloyati (4271 nafar) band qildi.
Ta’kidlanishicha, hozirga qadar jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich esa Farg‘ona viloyatida (47 946 nafar) qayd etilgan. Andijon viloyatida COVID-19 ga qarshi emlanganlar 37 ming kishidan oshgan bo‘lsa, Namanganda ularning soni 33 mingga yaqinlashgan.Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlardan boshlandi. May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi