Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Adliya vazirligi 12-aprel kuni bosh shtab-kvartirasi AQShda joylashgan Xalqaro tadqiqotlar va almashinuvlar kengashining (IREX) filialini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Foto: Adliya vazirligi

Foto: Adliya vazirligi

“Filialning asosiy maqsad va vazifalari — bu O‘zbekistonda farovon va teng huquqli jamiyat qurilishiga hissa qo‘shish, O‘zbekiston yoshlarining imkoniyatlarini kengaytirish va bo‘lajak rahbarlarni tarbiyalashga, sifatli ta’lim va axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish hamda O‘zbekistonga ingliz tili sohiblarini jalb qilgan holda o‘qituvchilar malakasini oshirishga, shu bilan birga, talabalarning ingliz tilini intensiv ravishda o‘rganishini ta’minlashga ko‘maklashish”, — deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Filial o‘z maqsad va vazifalarini Xalq ta’limi, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi, deb ta’kidlaydi Adliya vazirligi.

Ushbu tashkilot ilgari O‘zbekistonda bo‘lgan. 2006-yilda sud qarori bilan uning vakili “qonun hujjatlari va milliy qonunchilikni buzganligi” uchun yopilgan. IREX bilan birgalikda Amerika advokatlar assotsiatsiyasi, Internews Network, Freedom House, ACCELS, Counterpart International, Central Asia Free Exchange Forum (CAFE), Ta’lim orqali global ishtirok, Urban instituti, Yevrosiyo jamg‘armasi, Akademik ta’lim bo‘yicha sheriklik (PAD) va Crosslink Development International va Winrock International tashkilotlari ham yopilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)