Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qarshi shahar hokimligi tomonidan 47 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati.

Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan 12-aprel kuni Qarshi shahar, “Xontepa” MFY Loyihachilar ko‘chasidagi eski oziq-ovqat ombori hududida har xil turdagi ko‘p yillik daraxtlar qurilish obyekti qurish uchun tag qismidan kesib ketilganligi aniqlangan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadda o‘rganilganda, bu kesishlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bo‘lgan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablariga zid ravishda qilingani ma’lum bo‘lgan.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ijobiy xulosasi olinmasdan Qarshi shahar hokimligi 2021-yil 25-yanvardagi 05/01-25-sonli daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomasi asosida jami 47 tup har xil turdagi va diametrdagi, xususan, 26 tup virgin archasi, 8 tup shumtol, 2 tup oddiy o‘rik, 3 tup chinor, 1 tup qaroli, 6 tup oq tut daraxtlari tag qismidan, 1 tup qayrag‘och daraxti esa ildizi bilan qo‘porib tashlangan.

Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati

“Eng achinarlisi, bu daraxtlar respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesilishiga joriy etilgan maratoriy amal qilib turilgan bir paytda kesilgan”, — deyiladi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabarida.

Qayd etilishicha, noqonuniy kesib ketilgan daraxtlar uchun o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Tabiatga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 253 million 575 ming so‘m deb belgilanib, hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilinmoqda.

Avvalroq Qarshidagi istirohat bog‘ida daraxtlarni kesgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ogohlantirishga qaramay, yana daraxt kesgani aniqlangani, Qarshi tumanida 71 ta mevali daraxt o‘zboshimchalik bilan qo‘porib tashlanishi oqibatida tabiatga salkam 28 million so‘m zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 3-fevraldagi farmoni bilan O‘zbekistonda daraxt va butalarni kesishga o‘rnatilgan moratoriy muddati 2021-yil oxirigacha uzaytirilgan. Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi