Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyning “Chanchjou Mayti Layons” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda chanchjouliklar klubi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: “Chanchjou Mayti Layons” / “Daryo”

Foto: “Chanchjou Mayti Layons” / “Daryo”

Ahmedov 2020-yilning sentabrida “Shanxay SIPG”dan “Tyanszin Teda”ga ijara asosida o‘tgandi. Biroq “Tyanszin Teda” moliyaviy inqiroz sabab 2021-yil boshida bankrotlik e’lon qildi.

Avvallari “Shitzyachjuan Ever Brayt” nomi bilan atalgan “Chanchjou Mayti Layons” 2020-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Xitoy Superligasida so‘nggi o‘rinni olib, quyi ligaga ravona bo‘lgandi. Biroq “Tyaszin Teda”ning inqirozi sabab, klub yana oliy divizionga qaytgan.

Shu tariqa Ahmedov yana Xitoy Superligasida faoliyatini davom ettiradi.

Ahmedov bu vaqtga qadar “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014), “Krasnodar” (2014—2016) va “Shanxay SIPG” (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.

“Chanchjou Mayti Layons” — 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, uy o‘yinlarini 31,8 minglik “Chanchjou Stedium”da o‘tkazadi.

Xitoy Superligasining 2021-yilgi mavsumi 20-aprel kuni start oladi. Ahmedovning yangi jamoasi 21-aprel kuni 1-turda “Sindao Huanhay”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi