Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Regeneron Pharmaceuticals kompaniyasi COVID-19 simptomlari paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytiradigan preparatning uchinchi bosqich klinik sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kompaniyaning matbuot bayonotida ta’kidlanishicha, Regeneron Pharmaceuticals tomonidan e’lon qilingan sinov natijalari hali ekspertlar tomonidan taqriz qilinadigan ilmiy jurnalda chop etilmagan.

REGEN-COV deb nomlangan teri ostiga yuboriladigan preparat ikki turdagi monoklonal antitanalardan (maxsus hujayralardan sun’iy ravishda olingan antitanalar) iborat. Bu preparat koronavirus bilan kasallangan bir xonada yashovchi odamlarda COVID-19 simptomlarining rivojlanish xavfini platsebo preparatiga nisbatan 81 foizga kamaytirgan.

Kompaniya sinovlarni AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti bilan hamkorlikda o‘tkazdi. Tadqiqotda taxminan 1500 kishi ishtirok etdi. Regeneron Pharmaceuticals kompaniyasi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika bo‘limiga (FDA) ushbu dorini SARS-CoV-2’ga chalingan odamlar bilan aloqada bo‘lgan emlanmagan kishilarda profilaktika chorasi sifatida qo‘llashni tasdiqlatish uchun ariza yozmoqchiligini ma’lum qildi.

2020-yil noyabr oyida FDA kasalxonalarda COVID-19’ning yengil va o‘rtacha darajasini boshdan kechirayotgan katta yoshli bemorlarni davolash uchun ushbu doridan foydalanishni favqulodda tasdiqlagan edi.

Regeneron farmatsevtik preparati 2020-yil oktabrida AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Trampdagi koronavirusni davolashda qo‘llanilgandan so‘ng mashhurlikka erishgan. Tramp uch kun davomida Uolter Rid harbiy kasalxonasida ushbu dori bilan davolangan va tezda tuzalib ketgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova