Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

8-aprel kuni Lenovo kompaniyasi geymerlar uchun mo‘ljallangan Legion 2 Pro smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT. JerryRigEverything laboratoriyasi mazkur qurilma ustida an’anaviy sinovlarda o‘tkazishga ulgurdi.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Avvalroq JerryRigEverything Asus ROG Phone 5’ni sinovdan o‘tkazgan va u ozgina kuchlanishda ham parchalanishini aniqlagan edi. Biroq Legion Duel Phone 2 ushbu natijadan o‘tib tushdi, blogerlarning so‘zlariga ko‘ra, u zamonaviy smartfonlar orasidagi eng nozik qurilmaga aylangan.

Ozgina bukilsa ham u sinib ketgan, shu bilan birga, smartfonni qo‘l yordamida hech qanday qiyinchiliksiz uch qismga ajratish mumkin. “Lenovo Legion Duel 2 ni jinsilarining orqa hamyonida telefon olib yuradigan foydalanuvchilardan uzoqroq tutish kerak”, — deyiladi xabarda.

Ekranning himoya shishasi Moos qattiqligi bo‘yicha 6-darajali shkalada tirnaladi, ayrim joylari — 7-darajada. Telefonning yon tomonlari metalldan ishlangan, o‘chirib-yoqish tugmachasiga joylashtirilgan selfi-kamera xuddi orqa kamera kabi himoya shishasiga ega. Ekran 33 soniya olov ta’siriga bardosh bera oladi, shundan so‘ng, piksellar tartibdan chiqa boshlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov