Surxondaryo viloyatidagi “Surxon” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasi bilan bog‘lovchi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
4-aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida “Surxon” va “G‘uzor” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kilovattli L-508 havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining maxsus brigadalari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar olib borilgan va 7-aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari to‘liq yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklangan.
Eslatib o‘tamiz, 1-aprel kuni Namanganda kuzatilgan kuchli shamol 3 qavatli bino tomini uchirib yuborgan edi.
Izoh (0)