Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Zarina Nizomiddinova folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayevning “Keraksan menga” qo‘shig‘i she’rini yozgan Shohrux Abdussamiy ismli shoir uylandi. U o‘z to‘yida ushbu she’rini rafiqasiga atab o‘qib berdi.

Xonanda Lola Ahmedova ham yaqinlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Ahad Qayum chiqishlaridan keyin “tahdid”larga uchrayotganini ma’lum qildi.

Durdona Qurbonova “Dilozor” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Shohruxxon 6-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan rafiqasi Asal Shodiyevani ingliz tilida tabrikladi.

Foto: Instagram

Aktrisa tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida poytaxtdagi restoranlardan birida nishonladi.

Shahzoda Matchonova qizli bo‘lganidan so‘ng ilk marta ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola qizi Shahina bilan tushgan surati va videosi bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

6-aprel kuni Nilufar Usmonova ham tug‘ilgan kunini nishonladi. Uning tug‘ilgan kun ziyofatiga tojikistonlik xonanda Shabnam Surayyo, Imron, Farrux Fazel hamda boshqa xonandalar tashrif buyurdi.

Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i tanishganlarining 3 yilligi munosabati bilan aktrisaga ajoyib syurpriz tayyorladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2018-yilning 20-iyulida mudhish avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan aktrisa Farangiz Rejametova xotirlanmoqda. U hayot bo‘lganida 7-aprel kuni 28 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.