• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ajdarlar” “aristokratlar”ga qarshi. Barchasi “Portu” — “Chelsi” uchrashuvi haqida

    Toshkent vaqti bilan 7-aprel tunida Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Portu” — “Chelsi” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Garchi ushbu qarama-qarshilik chorak finalning eng kuchsiz juftligi deya ta’riflanayotgan bo‘lsa-da, intriga borasida “Bavariya” — PSJ o‘yinidan qolishmaydi.

    “Portu” guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallaganlar orasida chorak finalga yetib kelgan yagona jamoa bo‘ldi. 1/8 finalda portugallar “Yuventus”ni dog‘da qoldirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra o‘zaro tenglik (2:1, 1:2) yuzaga kelganidan keyin belgilangan qo‘shimcha bo‘limlarda Serjiu Oliveyra o‘zining goli bilan “Portu”ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

    “Chelsi” o‘tgan bosqichda muvaffaqiyatsiz davrni boshdan kechirayotgan “Atletiko”ga to‘qnash keldi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobini qayd etib, shu bosqichga yetib keldi.

    Portugaliya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlar hali tiklanmagani bois ushbu jamoalar o‘rtasidagi har ikki o‘yin ham Ispaniyaning Sevilya shahridagi “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo‘lib o‘tadi.

    Jamoalardagi holat

    “Portu”

    Serjiu Oliveyrasiz birinchi o‘yin. Turindagi o‘yin Oliveyra faoliyatidagi eng yaxshilaridan biri bo‘ldi — futbolchi dubl qayd etishdan tashqari tayanch yarim himoyasidagi ishlarini ham qoyilmaqom bajardi. Biroq Serjiu o‘sha o‘yinda musobaqadagi uchinchi sariq kartochkasini oldi. Bu esa futbolchining keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishini anglatardi. Shuningdek, ushbu bahsni “Yuventus”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan Mehdi Taremi ham o‘tkazib yuboradi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Oliveyraning yo‘qligi “ajdarlar” uchun katta muammo bo‘lishi mumkin. U jamoaning joriy mavsumdagi to‘purari bo‘lishdan tashqari, Pepe bilan birga ichki muhitga katta ta’sir o‘tkaza oladigan yetakchi hisoblanadi. Uning o‘rniga maydonga Marko Gruich yoki yosh Fabiu Viyeyra tushishi kutilmoqda. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham ular Serjiuning o‘rnini bosa olmaydi.

    Sevilya shahri “Portu”ga yordam beradimi? “Ajdarlar”ning bu shahar bilan bog‘liq yorqin xotiralari bor — 2003-yilda aynan shu yerda jamoa UEFA Kubogini qo‘lga kiritgandi. Keyinchalik jamoa bu yerga yana ikki bor tashrif buyurgan: 2011-yilda Yevropa Ligasi doirasidagi safar o‘yinida “Sevilya”ni mag‘lub etilgan, 2014-yilda esa “Portu” ispan klubiga yirik hisobda yutqazgan.

    “Chelsi”

    “B variant”ning yo‘qligi. Londonliklar klubi Tomas Tuxel qo‘l ostidagi o‘yinlardagi muvaffaqiyatga deyarli bir xil ssenariy orqali erishmoqda. Ko‘plab o‘yinlar bitta reja bo‘yicha o‘tadi: “Chelsi” to‘p nazoratini qo‘lga oladi, bir-ikkita gol uradi va keyin himoyani mustahkam ushlaydi. Bu uslub orqali “ko‘klar” 14 o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.

    O‘tgan uik-endda jamoa “Vest Bromvich”ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtda Tiago Silvaning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shu tariqa “Chelsi” birinchi marta ssenariydan chetga chiqishga majbur bo‘ldi: hujum vaqtida himoyada bo‘shliqlar ko‘rina boshladi. Keyinchalik London klubi o‘z darvozasidan beshta to‘p olib chiqdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jarohatlar kun mavzusi hisoblanmasa ham, jamoada kichik muammolar yo‘q emas. Ngolo Kante Fransiya terma jamoasida olgan kichik jarohati sabab “Vest Bromvich”ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi. O‘sha o‘yinda Mateo Kovachich va Jorjinyo tandemi maydon markazida u qadar yaxshi ko‘rinmadi. Shunday bo‘lsa-da Kante “Chelsi” qaydnomasidan o‘rin olgan, bundan tashqari, Tuxel dam olish kunlaridayoq yarim himoyachi o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgandi.

    Avvalroq Kristian Pulishichda jarohat borligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq amerikalik futbolchi jamoaning o‘yin oldi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Shuningdek, bir yarim oydan buyon jarohatini tiklash bilan band bo‘lgan Temmi Abraham ham qaydnomaga kiritilgan.

    Taxminiy tarkiblar:

    “Portu”: Marchesin, Manafa, Mbemba, Pepe, Sanusi, Uribe, Gruich, Fernando, Otavinyo, Korona, Marega.

    “Chelsi”: Mendi, Zuma, Ryudiger, Aspilikueta, Jeyms, Jorjinyo, Kovachich, Alonso, Maunt, Ziyosh, Verner.

    Statistika va qiziqarli faktlar:

    • Jamoalar shu vaqtda qadar o‘zaro sakkiz bor to‘qnash kelgan. Ularning beshtasida “Chelsi”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, ikkita o‘yinda “Portu” yutgan, yana bir bahsda durang qayd etilgan;
    • Bu ikki jamoani Joze Mourinyo bog‘lab turadi. Portugaliyalik mutaxassis “Portu” bilan mazkur musobaqa g‘olibiga ham aylangandi;
    • UEFA klublar reytingida “Portu” 15-o‘rinda bormoqda, “Chelsi” esa 13-pog‘onada.
     

    Murabbiylar fikri

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Serjiu Oliveyraning o‘rnini bilintirmaslik qiyin bo‘ladi, ammo biz imkon topamiz. Oldimizda juda qiyin vazifa turganini bilaman, biroq ularga tayyormiz.

    O‘yin qurish borasida bir nechta variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Hayotda iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘q, ayniqsa futbolda. “Chelsi” o‘zining so‘nggi o‘yinida yutqazib qo‘yganidan afsusdaman. Ba’zida bunday holatlar jamoani tetiklashtirib yuboradi.

    Serjiu Konseysau, “Portu” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Bu Chempionlar Ligasi chorak finali, u to‘rtta bo‘limdan iborat. E’tiborni butunlay o‘yinga qaratish kerak. Terma jamoalar o‘yinlari va “Vest Bromvich”ga qarshi bahsdagi natijadan keyin o‘z o‘yinimizni topishni istaymiz.

    “Portu”ni yutish qo‘limizdan kelishiga ishonaman, biroq o‘yin juda qiyin bo‘ladi. Bu juda tajribali jamoa, Portugaliyaning ko‘p karra chempioni. Biroq biz yetarli darajada kuchlimiz va o‘zimizga ishonamiz. Keyingi bosqichga chiqishga kuchimiz yetadi.

    Tomas Tuxel, “Chelsi” bosh murabbiyi

    “Portu” — “Chelsi” uchrashuvi 00:00 da boshlanadi. O‘yindagi gollarni bu yerda tomosha qilib borish mumkin — video.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    07.04.2021, 21:18   Izoh (0)   9782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Navbahor” o‘z uyida so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga “Paxtakor”ga yutqazdi

    07.04.2021, 20:35

    Poyga boshlandi: UzReport Osiyo Kubogi—2023, JCh—2022 saralashi, OChL va OFKning yana 10 ta musobaqasi translyatsiya huquqini sotib oldi

    07.04.2021, 18:12

    “Real” — “Barselona” uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

    07.04.2021, 17:01

    Karim Benzema “Real”da Roberto Karlosning rekordini yangiladi

    07.04.2021, 14:00

    Hatto Klopp ham “Liverpul”ning kambekiga ishonmayapti. Zidan esa allaqachon “Barselona” haqida o‘ylamoqda. “Real”—“Liverpul” o‘yinidan keyin murabbiylar nimalar de...

    07.04.2021, 12:46

    Pro-Liga. Samarqand va Buxoro jamoalaridan navbatdagi g‘alaba, “Olimpik” ilk bor mag‘lub bo‘ldi, Farg‘ona derbisida “Neftchi”ning qo‘li baland keldi

    07.04.2021, 12:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.