“Real” hujumchisi Karim Benzema Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki bahsi doirasida kechgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (3:1) maydonga tushdi.
Bu fransiyalik futbolchi uchun “Real” safida ushbu musobaqa doirasidagi 108-o‘yin bo‘ldi. Benzema bu borada madridliklar sobiq himoyachisi Roberto Karlosni (107 ta o‘yin) ortda qoldirdi.
Shu tariqa Benzema ispaniyalik bo‘lmagan futbolchilar orasida “Real” tarkibida YChLda eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchiga aylandi.
“Real” safida Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazish borasidagi umumiy ro‘yxatda faqat uch nafar futbolchi Karimdan oldinda bormoqda: Serxio Ramos (128), Raul (130) va Iker Kasilyas (150).
33 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 25 o‘yin o‘tkazib, 18 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Shuningdek, Benzema Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumida 5 ta gol urdi.
Mazvuga doir: Karim Benzema Chempionlar Ligasida Messi va Raulning rekordini takrorladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)