“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida marhum xonanda Husniddin Xoliqovning “Sumalakdan tosh topdim” qo‘shig‘i va klipi yaratilish tarixi haqida ma’lumot berildi. Xususan, ko‘rsatuv ijodkorlari klipdagi bosh qahramonni gavdalantirgan aktrisa Nargiza To‘laganova bilan bog‘lanib, uning hozir nima ish bilan mashg‘ulligi haqida suhbatlashdi.
“16-mart kuni menga klip olish taklifi bilan kelishdi. Klip 21-mart kuni efirga ketishi kerak, uch kun vaqtimiz bor. Bosh qahramon yo‘q. Navro‘zoy bo‘lishi kerak, chiroyli bir qiz kerak. O‘sha paytda ko‘rsatuvimda kichkina bir sahifani olib boradigan Nargiza degan qiz bo‘lardi. O‘sha Nargizani Husniddin akamga tavsiya qildim, ma’qul bo‘ldi”, — deydi klip rejissori Burxon Sharopov.
Ma’lum bo‘lishicha, klipdagi aktrisa Nargiza To‘laganova ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qiladi.
“Klipni uzoq yillardan beri ko‘rmasdim, o‘zimga yoqmasdim. Lekin yaqinda mana shunday o‘lmas asarda suratga tushganimni his etdim, klipni ko‘ra boshladim. 11 yil bo‘ldi AQShning Kaliforniya shtatida yashayapman. Facebook kompaniyasida ishlayapman. Bir qizim bor — olti yosh, bu yil maktabga chiqdi”, — deydi Nargiza To‘laganova.
Mavzuga doir:
- AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism (foto)
- “Qaytar dunyo”dagi Oyjamol — Gulnora Qosimova nima sababdan AQShga ketgan?
- “Ko‘ngil ko‘chalari”dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
- “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)
Izoh (0)