Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShdagi GMW Auctions auksionida rok-n-roll qiroli Elvis Preslining elektrogitarasi sotildi. Bu haqda auksion uyiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi

Foto: CanadaColonel

Foto: CanadaColonel

Sadaflar bilan bezatilgan noyob gitara El Keysi tomonidan imzolangan original g‘ilofida rekord darajadagi qiymatda — yarim million dollarga sotilgan.

Musiqiy anjom 1968-yilning 3-dekabrida o‘tkazilgan va NBC telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilingan “Qaytish-68” nomli konsertda mashhurlikka erishgan. O‘shanda barcha tomoshabinlar rok-n-roll qiroli hamkasbi El Keysidan olib turgan yorqin qizil rangli Hagstrom Viking II elektrogitarasi yodida qolgan. Gitara qora obrazdagi Elvis fonida chiroyli ko‘ringan.

Foto: GMW Auctions

Foto: GMW Auctions

Shundan keyin El gitarani xususiy kolleksionerga sotib yuborgan va 52 yil davomida u haqda biror ma’lumot bo‘lmagan. Vaqti-vaqti bilan u Elvisning musiqiy albomi muqovasida paydo bo‘lib turgan.

Avvalroq Elvis Presliga tegishli bo‘lgan Mercedes auksionga qo‘yilgani, mashinaga qo‘shiqchining plastinkalari ham qo‘shib berilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat