Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh—2022 saralashi doirasida o‘tkazilgan Serbiyaga qarshi o‘yindagi (2:2) bahsli holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Portugaliya terma jamoasining sardori bo‘lish hayotimdagi eng katta faxr va imtiyozlardan biridir. Men har doim vatanim uchun borimni beraman va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo ba’zida og‘ir davrlar ham bo‘ladi, ayniqsa, butun bir millat azob chekayotganini his qilayotganimizda. Boshingizni ko‘taring va navbatdagi chaqiruvni qabul qiling! Olg‘a, Portugaliya.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

Serbiya — Portugaliya o‘yinining ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Ronalduning zarbasidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi, biroq uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar golni inobatga olmadi. Qayd etish joiz, bu o‘yinda VAR va golni aniqlash tizimidan foydalanilmadi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Portugaliya Jahon Chempionati saralashining 1-turida Ozarbayjonni mag‘lub etgandi (1:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi