Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 25-mart kuni o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston siyosiy partiyalari rahbarlari 2020-yil oxirida moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida hisobot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil davomida eng ko‘p mablag‘ — 35,3 milliard so‘m O‘zLiDeP partiyasi hisob raqamiga kelib tushgan. Partiya raisi Akmal Haitovning qayd etishicha, 2020-yil 1-yanvar holati bo‘yicha partiyaning hisob raqamlaridagi qoldiq mablag‘lar 1,9 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Undan keyingi o‘rinda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi. Ushbu partiyaga 23,8 milliard so‘m kelib tushgan. Shundan 48 foizi partiyaning o‘z mablag‘lari ekanligi qayd etilgan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov 2020-yilda partiya hisob raqamiga 22, 2 milliard so‘m mablag‘ kelib tushganini ma’lum qilgan. Shundan 20,1 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari, qolgan qismi esa a’zolik badallari, homiylik va xayriya yordamlari hamda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan mablag‘lardir. 2020-yil davomida partiyaning umumiy sarf-xarajati 21,6 milliard so‘mni tashkil etgan.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 2020-yilda 14,2 milliard so‘m mablag‘ qabul qilgan. Partiya yil oxirigacha 13,8 milliard so‘m sarflagan.
Ekologik partiya 2020-yilda 8,3 milliard so‘m mablag‘ sarflagan.
Izoh (0)