Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya 21-mart kuni qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda mamlakat Shtab boshliqlari qo‘mitasining Yonhap nashriga bergan ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Xabarga ko‘ra, Sariq dengiz mintaqasidan ikkita raketa uchirilgan. Qo‘mita raketalarning uchirilishini real vaqt rejimida kuzatgan.

The Washington Post gazetasining xabar berishicha, Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi vakillari razvedka ma’lumotlari Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini rejalashtirayotgani haqida ogohlantirgan edi.

“Xabar qilinmagan raketa sinovlari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Jo Baydenga bo‘lgan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vosini anglatadi, Kim Chen Inning yordamchilari  KXDR tomonidan hali yadro tahdidiga nisbatan munosabat bildirmagan edi”, — deyiladi gazeta xabarida.

Shu bilan birga AQSh ma’muriyati Shimoliy Koreya o‘tkazgan qisqa masofaga uchadigan raketalarning sinovini keng ko‘lamli provokatsiya deb hisoblamayapti. Bu haqda ma’muriyat vakilining bayonotiga tayanib, Amerika OAV xabar bergan.

Ma’muriyat vakili amalga oshirilgan sinovlar BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR to‘g‘risidagi qarorlariga zid emasligini qo‘shimcha qilgan va ularni “normal harbiy faoliyat” deb atagan.

“Biz hamma sinovlarga ham omma oldida javob qaytaravermaymiz... Bu BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlari doirasiga kirmaydigan tizim”, — deydi ma’muriyatning yana bir vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning yangi ma’muriyati KXDR bilan munosabatlarni tahlil qilishni yakunlash arafasida. AQSh hukumati o‘z xulosalarini kelasi hafta milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar davrasida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan muhokama qilmoqchi.

“Shuni ta’kidlashim kerakki, biz harakat qildik va bundan keyin ham harakatda davom etamiz. Biz Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy bilan muvofiqlikdagi bunday diplomatiya barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlariga javob beradi, deb o‘ylaymiz. Biz haqimizda muzokaralar uchun ochiq emas, degan taassurot paydo bo‘lishini istamaymiz”, — dedi rasmiylardan biri.

Avvalroq Oq uy fevral o‘rtalaridan buyon bir nechta diplomatik kanallar, shu jumladan, Nyu-Yorkdagi kanallar orqali Pxenyan bilan bog‘lanishga urinib kelgani, ammo Shimoliy Koreya rahbariyati bu urinishlarni e’tiborsiz qoldirganini aytgan edi.

Shimoliy Koreya hukumati esa Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQShning yangi ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmasligini aytdi. KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqot “bir stolda teng huquqli o‘tirib, fikr almashish” muhitini talab qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi