Arxitektura inshootlari bilan shug‘ullanuvchi ABIBOO studiyasi Marsdagi birinchi shaharning rejasini taqdim etdi. Megapolis maketining videosini kompaniya o‘zining saytiga joylashtirgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / ABIBOO

Nyuva nomini olgan shaharni Marsda 2054-yildan 2100-yilga qadar qurish rejalashtirilgan. U Tempa Mensa tog‘i yaqinida joylashadi. Mahalliy aholi uylari keskin qiyalikka ega qoyaga quriladi. Bu ularni radiatsiya va to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlaridan himoyalaydi.

Foto: Instagram / ABIBOO

Mars shahri lift bilan birlashtirilgan makrobinolardan quriladi. Shuningdek, megapolisda poyezdlar va avtobuslardan iborat transport tizimini yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Omborlar Mese deb nomlanuvchi jarlik yoqasiga quriladi, chunki u yerga quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadi. Shahar tumanlari yaqinidagi Vodiydan hayvonlar fermasi o‘rin oladi.

Odamlar u yerda go‘shtni ancha kam iste’mol qilishi taxmin qilinmoqda.

Marsdagi shahar aholisi uchun qoya osti madaniy hordiq chiqarish maskaniga aylanadi. Bundan tashqari, Mars Yer bilan bog‘lanadi: har 26 oyda 300 ming dollarga (chipta narxi) odamlar ortga qaytishi mumkin.

Avvalroq Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab bergandi.

Foto: Instagram / ABIBOO

Foto: Instagram / ABIBOO

Foto: Instagram / ABIBOO