Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonning Jeruy konidagi Talas oltin rudasi kombinati faoliyatiga start berdi. Bu haqda Kremlning rasmiy veb-saytiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Putin marosimda videoaloqa orqali qatnashdi. Shuningdek, ochilish marosimida “Alyans” guruhi rahbari Musa Bajayev va “VTB Bank” direktori Andrey Kostin ishtirok etdi.
“Oltin rudasi zavodining hamkorlikda ochilishi Qirg‘iziston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi yaqin sheriklik va jadal rivojlanib borayotgan aloqalardan dalolat beradi. ‘Jeruy’ loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish mamlakatning investitsion salohiyatini rivojlantirishga kuchli turtki berishiga ishonaman”, — dedi Sadir Japarov ochilish marosimida.
Rossiya Federatsiyasi rahbarining ta’kidlashicha, zavodning ishga tushirilishi va ishlashi respublika g‘aznasiga katta daromad keltirmaydi, Qirg‘iziston yiliga 70 million dollargacha soliq to‘lovlarini oladi. Shuningdek, u Talas oltin rudasi kombinatining rossiyalik va qirg‘izistonlik ta’sischilarga, investorlariga, zavod xodimlariga, muhandislarga va ishchilarga muvofiqlashtirilgan hamda samarali ish uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etgandi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mavzuga doir: Eronda yangi katta neft koni topildi
Izoh (0)