• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden Putinni qotil deb atadi va “saylovlarga aralashgani” uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi. Rossiya elchisi AQShdan chaqirib olindi. Umumiy ma’lumotlar

    AQSh prezidenti Jozef Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning “Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb hisoblaysizmi?” — degan savoliga tasdiq javobini berdi, deb yozadi Meduza. “Mmm, hmm, ha”, — deya javob qildi Bayden undan intervyu olayotgan Jorj Stefanopolusning savoliga.

    https://twitter.com/BidenSquadron/status/1372151627403177984

    Shuningdek, AQSh prezidenti Putin Amerikadagi saylovlarga aralashgani uchun “javob berishi”ga ishonch bildirdi.

    Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yanvar boshida u Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan, shunda u Rossiya prezidentiga: “Men sizni bilaman, siz meni bilasiz. Agar shu narsa (Rossiya aralashuvi) rost bo‘lib chiqsa, unda (oqibatlarga) tayyor turing”, — degan.

    Baydenning Putin haqidagi gaplaridan keyin Moskva birjasida Rossiya rublining kursi pasayib ketdi.

    Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov maslahatlashuv uchun Moskvaga chaqirildi. U 20-mart kuni uchib kelishi kutilmoqda. Maslahatlashuvlar “AQSh bilan munosabatlar borasida qanday ish tutish va qaysi tomonga harakatlanish”ni tushunib olish maqsadida o‘tkaziladi, — deya TIVda ma’lum qilingan.

    “Amerikaning yangi ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelganiga qariyb bir oy bo‘ldi, yaqinda 100 kunlik marradan o‘tiladi, bu esa Jo Baydenning jamoasi nimani qoyillatib, nimani bajara olmayotganini baholashga urinib ko‘rish uchun yaxshi bahona. Biz uchun asosiysi — so‘nggi yillarda Vashington tomonidan boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yilgan va og‘ir ahvoldagi Rossiya—Amerika aloqalarini tuzatish yo‘llari qanday bo‘lishini aniqlab olish”, — deyiladi muassasa xabarida. TIV ikki tomonlama aloqalar “ortga qaytarib bo‘lmaydigan degradatsiya”ga yuz tutishiga yo‘l qo‘ymaslikdan manfaatdorligini qayd etdi.

    AQSh esa Rossiya bilan munosabatlarda ochiqdan ochiq yo‘l tutib, Vashingtonni xavotirga solayotgan masalalarni dangal muhokama qilish niyatida ekanini Oq uy rasmiy vakili Jen Psaki ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Bayden ma’muriyatining Rossiya bilan munosabatlarga yondashuvi Donald Tramp jamoasidan farqli bo‘ladi. Bayden Rossiya vakillari bilan bevosita aloqalarda ham, jamoat oldidagi chiqishlarida ham keskin mavzularni chetlab o‘tmoqchi emas, dedi Psaki.

    Shu bilan birga, Psakining aytishicha, manfaatlar mos tushadigan ba’zi masalalarda Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishi mumkin. Misol sifatida u hujum qurol-yarog‘larini cheklash bo‘yicha kelishuvlarni keltirib o‘tdi.

    AQSh Milliy razvedkasi 16-mart kuni hisobot e’lon qildi, unga ko‘ra, AQShda 2020-yilgi prezident saylovlari chog‘ida Rossiya hukumati Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni “badnom qilish” kampaniyasini uyushtirgan. Rossiya rahbariyati saylov jarayoniga jamoatchilik ishonchini pasaytirish, Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash va Qo‘shma Shtatlardagi ijtimoiy-siyosiy kelishmovchiliklarni kuchaytirishga qaratilgan “ta’sir operatsiyalarini” o‘tkazgan. Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, ushbu harakatlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ruxsat bergan.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova va Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hukumatining AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqidagi ayblovlarni butunlay rad etdi. Peskovning fikricha, hisobotni e’lon qilish orqali Rossiyaga qarshi navbatdagi, yangi sanksiyalar masalasini kun tartibiga kiritish uchun bahonaga ega bo‘lmoqchi bo‘lishgan.

    Mavzuga doir: AQSh razvedkasi: Putin AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan Baydenni “yomonotliq qilish” kampaniyasini olib borgan

    18.03.2021, 10:19   Izoh (0)   69668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ittifoqi 30 yil ichida birinchi marta Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy qildi

    18.03.2021, 08:58

    Megan Markl shov-shuvli intervyudan keyin o‘zini siyosatda sinab ko‘rmoqchi. Buni eshitgan Tramp yana prezidentlik uchun kurashishini aytdi

    18.03.2021, 07:11

    Britaniyalik olimlar sekin yuradigan odamlarda COVID-19’dan o‘lish xavfi to‘rt baravar yuqoriligini ma’lum qildi

    18.03.2021, 06:47

    AQSh Navalniyning zaharlanishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini kengaytirdi

    18.03.2021, 06:35

    Korrupsiyada ayblangan Sarkozi yana bir bor sudga tortiladi

    18.03.2021, 00:34

    Yashilga bo‘yalgan daryo, sakuralarning gullashi, Navro‘z arafasidagi Olov festivali. 17-mart suratlari

    17.03.2021, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.