Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Xonobod shahrida xatna to‘yi o‘tkazilgan 42 nafar boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlariga Prezident nomidan 1 million so‘mdan pul mukofoti tarqatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Xonobod shahrida yashovchi ko‘ngilli insonlar tomonidan tuzilgan “Ezgu maqsad sari” homiylik guruhi hamda tadbirkorlar tomonidan 180 nafar boquvchisini yo‘qotgan bolaga bayram dasturxoni yozilib, shulardan 42 nafarining xatna to‘yi o‘tkazib berilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, xatna to‘yida ishtirok etgan Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Prezident nomidan xatna to‘yi o‘tayotgan bolajonlarga 1 million so‘mdan, qolgan ehtiyojmand oilalarning 127 nafar farzandiga esa 500 ming so‘mdan pul mablag‘lari tarqatgan. Homiylar tomonidan esa bolajonlarga velosipedlar, esdalik sovg‘alari hamda kitoblar topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi