Texnomart ZoodMall’ning hamkoriga aylandi. Endi ZoodPay to‘lov tizimi orqali Texnomart do‘konidan texnika xarid qilishingiz mumkin.

Texnomart do‘konlar tarmog‘i Shveytsariyaning ZoodMall kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotganligi to‘g‘risida e’lon qiladi. Hamkorlik tufayli xaridorlar maishiy texnika va elektronikani arzon narxda, ZoodPay to‘lov tizimi orqali komissiya va ortiqcha to‘lovsiz onlayn xarid qilishi mumkin.

Bu to‘lov uslubi foiz va ortiqcha to‘lovlarsiz xaridlarni hozir amalga oshirish, har 30 kunda teng miqdorda uchga bo‘lib to‘lash imkonini beradi.

Bu qanday ishlaydi?

1. Kerakli mahsulotlarni texnomart.uz saytida savatchaga soling va to‘lov usuli sifatida ZoodPay’ni tanlang. Buyurtma qiymati 140 000 so‘mdan 2 800 000 so‘mgacha bo‘lishi lozim.

2. O‘z telefon raqamingiz, tug‘ilgan sanangizni kiriting va to‘lov kartangizni ro‘yxatdan o‘tkazing.

3. Xarid uchun darhol onlayn tasdiqlovni oling.

Tovarlar uchun uchta bir xil miqdordagi to‘lovlar qiling: 1-to‘lov xarid paytida, 2-to‘lov xariddan 30 kun o‘tib, 3-to‘lov xariddan 60 kun o‘tib amalga oshiriladi.

Texomart.uz va ZoodPay to‘lov tizimi bilan foydalanish oddiy, oson va xavfsizdir.

Qo‘shimcha ma’lumotni texnomart.uz veb-sayti va +998 71 209 99 44 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.