“Navbahor” futbol klubi Superliga 1-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan 9-mart kungi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin jamoa bosh murabbiyi No‘mon Hasanovni iste’foga chiqardi.

Foto: “Navbahor” FK

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoada maslahatchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Viktor Jalilov endilikda “Navbahor” ustoziga aylanadi.

Viktor Jalilov “Navbahor” klubida 1995—2000, 2003-2004 va 2010-yillarda ishlagan. Jamoa tarixidagi yagona chempionlik ham (1996-yilda) Jalilov davrida qo‘lga kiritilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida “Navbahor” Andrey Kanchelskis bilan xayrlashgach, jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgan No‘mon Hasanov bosh murabbiyga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!