Daryo

TikTok va Instagram’da mashhur bo‘lgan taom — pishloqli pasta pishirib ko‘ring

Feta o‘rniga boshqa pishloqdan ham foydalanish mumkin

1 daqiqa o‘qish19 498 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hello, Yummy

Tez tayyorlanishi va mazali ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan mazkur taomni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlab ko‘ring. Feta o‘rniga boshqa pishloqdan ham foydalanish mumkin.

Foto: Hello, Yummy
Kerakli mahsulotlar:
  • cherri yoki unda biroz katta bo‘lgan pomidorlar — 500 gr;
  • pishloq (feta) — 250 gr;
  • makaron;
  • sarimsoq 2 dona;
  • qalampir 1 dona;
  • zaytun yog‘i;
  • tuz, murch;
  • rayhon;
https://www.instagram.com/p/CLEUee3peYl/ Tayyorlanish jarayoni:
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idish o‘rtasiga pishloq qo‘ying.
  • Pomidorlarni pishloq atrofiga terib chiqing.
  • Ustidan sarimsoq piyoz va mayda to‘g‘ralgan qalampir soling.
  • O‘simlik yoki zaytun yog‘i quying.
  • Tuz va murch seping.
  • 200 daraja qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Tuz solingan qaynagan suvda makaronlarni pishirib oling.
  • Pishloqni yog‘och qoshiq bilan ezing, makaronni aralashmaga qo‘shib aralashtiring.
  • Ustini rayhon bilan bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar