Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 24-turida “Bavariya” 6-mart, shanba kuni “Borussiya D”ni mehmon qildi.

Foto: Twitter

Myunxenda kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limning 2 va 9-daqiqalarida Erling Holand dubl qayd etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Robert Levandovski 26 hamda 44-daqiqalarda “arilar” darvozasini ikki bor ishg‘ol etib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Belashuvning ikkinchi 45 daqiqaligida Levandovski yana bir marta sobiq jamoasi darvozasiga gol urib, het-trik qayd etdi. “Bavariya”ning so‘nggi goli esa Leon Goretska hisobiga yozildi. Shu tariqa Myunxen klubi turning markaziy o‘yinida 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 55 taga yetkazgan “Bavariya” musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Borussiya” esa 39 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

Shuningdek, mazkur turda “Bayer” “Borussiya M”ni (1:0), “Leypsig” esa “Frayburg”ni (3:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

Bundesliga

24-tur bahslari

6-mart, shanba

“Bavariya” — “Borussiya D” 4:2

Gollar: 0:1 – 2 Holand, 0:2 – 9 Holand, 1:2 – 26 Levandovski, 2:2 – 44, penalti Levandovski, 3:2 – 88 Goretska, 4:2 – 90 Levandovski.

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Boateng (Xavi Martines, 70), Alaba, Devis, Goretska, Kimmix, Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman (Gnabri, 66), Sane (Lyuka Ernandes, 90).

“Borussiya D”: Hits, Hummels, Jan, Zagadu (Morey, 70), Shuls, Menye, Dileyni (Bellinghem, 70), Azar (Brandt, 60), Doud, Roys (Reynyer, 76), Holand (Tigges, 60).

Ogohlantirishlar: Levandovski (28), Menye (29).

“Borussiya M” – “Bayer” 0:1

Gol: 0:1 – 76 Shik.

“Frayburg” – “Leypsig” 0:3

Gollar: 0:1 – 41 Nkunku, 0:2 – 64 Serlot, 0:3 – 79 Forsberg.

“Hoffenhaym” – “Volfsburg” 2:1

Gollar: 1:0 – 8 Baumgartner, 1:1 – 23 Vegorst, 2:1 – 41 Kramarich.

“Ayntraxt” – “Shtutgart” 1:1

Gollar: 0:1 – 67 Kalayjich, 1:1 – 69 Kostich.

“Herta” – “Augsburg” 2:1

Gollar: 0:1 – 2 Benesh, 1:1 – 62 Piontek, 2:1 – 89, penalti Lukebakio.

“Shalke-04” – “Mayns” 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!