Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘l harakati qoidalari talablarini buzib, boshqa haydovchilarga xalaqit bergan holda manyovrlarni amalga oshirgan, shuningdek, shovqin solib, fuqarolar tinchligini buzgan haydovchilar aniqlandi. Bu haqda shahar IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Olmaliq shahar IIB

Foto: Olmaliq shahar IIB

5-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida bir guruh shaxslar avtomashinada yo‘l harakati qoidalari talablarini buzgan holda boshqa haydovchilarga xalaqit berib manyovrlar qilgani, shovqin solib fuqarolar tinchligini buzgani aks etgan video tarqatilib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganilgan va huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rilishi ta’minlangan.

Voqeada ishtirok etgan barcha shaxslar shahar IIB xodimlari tomonidan aniqlangan hamda holatga oydinlik kiritish maqsadida IIBga taklif qilingan. Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4-mart kuni Olmaliq shahar beshinchi kichik nohiyasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan A.T.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan olti nafar (Sh.T., A.I., J.A., Sh.O., I.A., N.U.) 20-25 yosh orasidagi yoshlar mehmonga kelgan.

Shundan so‘ng ushbu shaxslar soat taxminan 23:30 larda o‘zlariga tegishli bo‘lgan besh turdagi avtomashinalarda “Abdulla Qahhor” va “Islom Karimov” mahallalarini tutashtiruvchi ko‘chaga kelib, avtomobillarini yo‘lning qatnov qismiga qo‘ygan va boshqa harakat qatnashchilariga xavf tug‘dirib, avtomashinalarni katta tezlikda boshqargan. Shuningdek, taqiqlangan tovush chiqaruvchi signallarini chalib, yaqin atrofda yashovchilarning tinchligini buzib, qasddan jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabrida Olmaliq hokimining Toshkentda soatiga 150 kilometr tezlikda mashina haydagan o‘g‘li jarimaga tortilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi