Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aksariyat insonlar oshqozonida bo‘shliqni his etadi. Ovqatga to‘yganini bilmaydi. Buning bir nechta sabablari bo‘lib, ularni bartaraf etish salomatlik uchun foydalidir.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Me’yorida ovqat iste’mol qilmaslik

Odatda parhez tutayotganlar ovqat o‘rniga bodring yoki shunga o‘xshash sabzavotlar bilan cheklanadi. Parhezdan so‘ng esa haqiqiy tartibsizlik boshlanadi — barcha narsa ketma-ket iste’mol qilinadi. Mutaxassislar oqsil, sog‘lom yog‘lar va kletchatkaga boy mahsulotlar tanovul qilishni tavsiya etadi.

Stress

Ishdagi muammolar, qiyinchiliklar, barcha arzimagan narsalarni eslab qolish qobiliyati — bularning barchasi stressning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tana kortizol va grelinni faol ravishda ishlab chiqarishni boshlaydi, bu esa ochlik hissini beradi. Buning uchun sayr qilish bilan o‘zni chalg‘itish kerak, so‘ngra stressni keltirib chiqarayotgan sabablar bilan kurashish zarur.

Charchoq

Zamon qanchalar rivojlangan bo‘lmasin, charchoq barchaning muammosiga aylangan. Ayniqsa, ko‘p ishlab, oz uxlaydiganlar uchun. Natijada to‘yinganlik hissini beruvchi leptin gormoni shunchaki ishlashni to‘xtatadi.

Shirinliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil shirinliklar suratini tomosha qilish ham ochlik hissini paydo qiladi. Shuning uchun sog‘lom va vitaminlarga boy taomlarga qarash ovqatlanish odatlarini to‘g‘ri shakllantiradi.

Shoshib ovqatlanish

Bu, albatta, to‘ymaslikni anglatadi. Ovqatlanish jarayonida ishlash yoki kam vaqt ajratish insonni chalg‘itadi. Natijada shunchaki nima va qancha taom iste’mol qilinganini bilishning iloji bo‘lmaydi.

Insulin bilan bog‘liq muammolar

Doimiy ochlik ikkinchi toifa qandli diabetning boshlanishidan darak bo‘lish mumkin. Bunday vaqtda tana insulinga javob berishni to‘xtatadi. Shakar miqdori ortib, tana ko‘proq ovqat talab etadi. Albatta, vaqt o‘tkazmasdan shifokorga murojaat qilish zarur.

Noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi

Ko‘pchilik avval shirinlik, keyin ovqat iste’mol qiladi. Natijada to‘yinganlik hissi biroz kechroq paydo bo‘ladi. Me’yorida ovqatlanish uchun tartibni to‘g‘ri saqlashga harakat qilish zarur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi