Daryo

Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish mumkin?

Ba’zida dorilar psixoterapiya uchun qo‘shimcha sifatida ishlatilishi mumkin, ammo ular har doim mutaxassis tomonidan tayinlanishi lozim

2 daqiqa o‘qish47 705 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Har birimizda vaqti-vaqti bilan yomon fikrlar paydo bo‘lib turadi — o‘zimiz yoki yaqinlarimiz bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan dahshatli narsalar haqida beixtiyor xavotirga tushamiz. Tibbiyot fanlari nomzodi, psixiatr, psixoterapevt Lena Kolesnichenko bilan birgalikda bu masalaga to‘xtalib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Yomon fikrlar asosidagi qo‘rquvlar o‘zimizga, harakatlarimizga va boshqalar biz haqimizda nima deb o‘ylashiga qaratilgan bo‘ladi. Bir tomondan, bunday notinch fikrlar foydali bo‘lishi mumkin — salbiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, har bir harakatimizda ehtiyotkor bo‘lib, oqibatlari haqida o‘ylashni boshlaymiz.

Boshqa tomondan esa bekordan bekorga tashvish chekishga moyil odamlar ham uchrab turadi. Ammo kelajak bilan bog‘liq bo‘lgan notinch fikrlar yoki tashvishlar oldinga qo‘yilgan maqsad sari yetaklamaydi, balki voqealarning o‘ta qo‘rqinchli bo‘lishiga odamni ishontirib qo‘yadi. Bunday tasavvurlar bamaylixotir mulohaza qilishga qo‘ymaydi, xotirjamlik va uyqu yo‘qolishiga olib keladi.

Foto: Getty Images
Bu kabi xayoliy tashvishlarni o‘zingiz mustaqil holda yengishga harakat qiling. Bu borada quyidagi tavsiyalar qo‘l kelishi mumkin:
  • nafas olish mashqlarini bajarish orqali xavotirni kamaytirishga urinib ko‘ring: besh marta shoshmasdan, chuqur nafas oling va chiqaring;
  • sizni bezovta qiladigan fikrlar haqida o‘zingizga savollar bering: Menda bunday tashvish va qo‘rquv uchun asos bormi? Meni bezovta qiladigan vaziyatni yakunlash uchun yana qanday imkoniyatlar yetishmayapti? Agar qo‘rqqanim ro‘y bersa, o‘zimga qanday yordam bera olaman? Endi salbiy natijaning oldini olish uchun nima qilishim kerak? Savollarga yozma ravishda javob bersangiz, yanayam yaxshi. Bu kabi xavotirli prognozlarni tahlil qilish ular bilan kurashishning ajoyib usuli hisoblanadi;
  • e’tiboringizni o‘zingiz uchun yoqimli bo‘lgan ishlarga qarating: toza havoda sayr qiling, sevimli musiqangizni tinglang, mazali taom tayyorlang.
Shuni yoddan chiqarmangki, tashvish va salbiy fikrlarni har doim ham o‘zingiz hal qila olmaysiz. Hozirgi kunda eng samarali davolash usullaridan biri bu — kognitiv xulq-atvor terapiyasidir. Bu muammoli fikrlashga qaratilgan va uni yo‘q qilish uchun samarali strategiyalarni taklif qiladigan psixoterapiya shakli hisoblanadi.
Foto: Getty Images
Davolashning yana bir usuli sifatida psixofarmakoterapiya tavsiya qilinadi. Davolashning bu usulida psixoterapevt (psixiatr) tashvish va xavotirlarni boshqarish uchun buyurishi mumkin bo‘lgan samarali dorilar mavjud. Ba’zida dorilar psixoterapiya uchun qo‘shimcha sifatida ishlatilishi mumkin, ammo ular har doim mutaxassis tomonidan tayinlanishi lozim. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar