Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov musulmon olamida namuna qilib ko‘rsatiladigan shaxs bo‘lishni istamasligini ma’lum qildi.
Bu men uchun og‘ir. Meni namuna qilib ko‘rsatishadi va bu meni xavotirga soladi. Odamlar menda nimagadir erishgan sportchini ko‘rishini xohlardim. Meni musulmon kishi sifatida boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatishlarini istamasdim. Bu meni g‘azabga keltiradi. Bizning dinda namuna olish kerak bo‘lgan shaxs bor. U kishi bizning oramizda bo‘lgan, shu bilan birga barcha insonlar kabi hayot kechirgan — payg‘ambar Muhammad (s.a.v.).Habib 2020-yilning oktabrida UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini mag‘lub etdi va shundan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Rossiyalik yakkakurashda MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Hozirda Habib biznes bilan band va EFC promoushenining xo‘jayini hisoblanadi.Men undan namuna olaman va qolgan musulmonlar ham shunday qilishi kerak. Undan namuna olish zarur, men yoki biror boshqa mashhur shaxsdan emas.
Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi