“Barselona” jamoasi Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsi doirasida 3-mart, chorshanba kuni “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 4-martga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 20 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Uchrashuvni jarohat sabab Ronald Arauxo, Miralem Pyanich, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi.
Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;
Himoyachilar: Xerard Pike, Samyuel Umtiti, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Serjinyo Dest, Oskar Mingesa, Ilaysh Moriba;
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Pedri Gonsales, Rikard Puch;
Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Martin Breytueyt, Fransishku Trinkau.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!